24.01.2022
327

“Al-Axbar al-yaum” nashri: “Yangi O'zbekiston ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy g'amxo'rlik sohalarida islohotlarni davom ettirmoqda”

Misrning «Al-Xabar al-Yaum» gazetasi veb-saytida «Yangi O'zbekiston ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy g'amxo'rlik sohalarida islohotlarni davom ettirmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Gazeta muxbiri Fotima Badaviy qalamiga mansub ushbu maqola Oʻzbekiston Prezidentining “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” farmoni loyihasida taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy sohada ilgari surilayotgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan.

Unda qayd etilganidek, ayni kunlarda Oʻzbekistonda turli kasb egalari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Oʻzbekiston Prezidentining “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” farmoni loyihasini qizgʻin muhokama qilishmoqda.

“Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” farmoni loyihasida oʻtgan vaqt davomida toʻplangan tajribadan kelib chiqqan holda mamlakatning strategik rivojlanishi va maqsadlari oʻz ifodasini topgan, - deb yozadi nashr. -Jumladan, taraqqiyot strategiyasida bugungi globallashuv jarayonlaridan kelib chiqqan holda yetti ustuvor yoʻnalish belgilab berilmoqda».

Muallifning soʻzlariga koʻra, ushbu yoʻnalishlardagi yuksak marralar 100 ga yaqin maqsadlar va 400 dan ortiq chora-tadbirlarda oʻz aksini topgan boʻlib, ularning barchasi xalq hayoti, turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

“Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlashga oid barcha vazifalar taraqqiyot strategiyasining toʻrtinchi yoʻnalishida oʻz ifodasini topgan,- deb yozadi muallif. -Xususan, Respublikada maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, tizimga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini foydalanishga topshirish belgilanmoqda”.

Taʼlim-tarbiyadagi uzviylikni taʼminlash maqsadida, maktablarni rivojlantirish Milliy dasturini joriy etish orqali xalq taʼlimi tizimida qoʻshimcha 1,2 million oʻquvchi oʻrni yaratiladi.

Maqolada qayd etilishicha, taraqqiyot strategiyasi doirasida taʼlimning barcha yoʻnalishida boʻlgani kabi oliy taʼlim tizimni isloh qilish borasida ham tub islohotlar amalga oshiriladi. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 2022-2026-yillarda 50 foizga yetkazish maqsad qilinmoqda. Nodavlat oliy taʼlim muassasalari soni ham bosqichma-bosqich koʻpaytiriladi, 2026-yilga kelib ularning soni 50 taga yetkaziladi.

Fotima Badaviy oʻz maqolasida Prezident farmoni loyihasida qayd etilgan tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha keyingi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar bilan ham gazetxonlarni tanishtirgan. Taʼkidlanganidek, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va ular uchun qulaylikni oshirish maqsadida Oʻzbekiston hududlarida tibbiyot klasterlari tashkil etish, aholiga arzon va sifatli dori-darmonlar yetkazib berish tizimi takomillashtirish va boshqa qator ustuvor maqsadlar nazarda tutilgan.

“Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” farmoni loyihasining har bir bandida belgilab berilgan chora-tadbirlarda mamlakatni yanada taraqqiy ettirish, aholi farovonligini oshirish, xususan yoshlarning porloq kelajagini barpo etish kabi ezga maqsadlar oʻz aksini topgan», deb yozadi “Al-Axbar al-Yaum”.

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry