
Oʻmon Sultonligi nashri Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi talabalari Manah shahrida arab tilidan saboq olishi haqida yozdi
Oʻmon Sultonligida chop etiladigan “Asdaa Oman” gazetasi sahifasida “Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi talabalari Manah shahrida arab tilini oʻrganishadi” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.
Unda Toshkentdagi Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasining bir guruh talabalari 2022-yilning 23-yanvaridan 19-martiga qadar ajnabiy tillarda soʻzlashuvchilarga arab tilini oʻrgatish boʻyicha Sulton Qobus kollejida tahsil olish uchun Oʻmon Sultonligining Manah shahriga yetib kelishgani oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilingan.
Maqolada qayd etilishicha, oʻzbekistonlik talabalar ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan arab tilini oʻrganish kurslarini oʻtashadi.
Gazetaning maʼlum qilishicha, bu kollej tomonidan 2021-2022 oʻquv yili uchun eʼlon qilingan til oʻrganish kurslari turkumining uchinchi davrasi hisoblanadi. Dastlabki ikkita kurs masofadan turib tashkil etilgan boʻlsa, ushbu uchinchi davra mashgʻulotlari pandemiya davrida ijtimoiy masofa va tavsiya etilgan ehtiyot choralari hisobga olingan holda oflayn shaklda uyushtirildi.
Ushbu oʻquv tadbiri Sulton Qobus kolleji tashkil etilganidan beri ajnabiy tillarda soʻzlashuvchilarga arab tilini oʻrgatish maqsadida oʻtkazilayotgan intensiv kurslarining 42 davrasi hisoblanadi.
Kollej dunyoning turli mamlakatlaridan talabalarni qabul qilishi anʼana tusini olgan. Hozirga qadar ana shunday davlatlarning umumiy soni 55 taga yetdi.
Qo‘shimcha malumot



Izohlar