28.01.2022
285

Abdulhamid Madkur

Abdulhamid Madkur 1942 yilda Misrning Qalyubiya viloyati Bosus qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966 yilda Qohira universitetining Dorul Ulum  fakultetida bakalavr darajasini, 1972 yilda esa shu fakultetda magistr darajasini olgan. 1980 yilda u Fransiyada doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan. Qohira universitetining Dorul Ulum fakultetida professor va islom falsafasi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. U hozirda Qohiradagi Arab tili akademiyasining Bosh kotibi, shuningdek Tilshunoslik federasiyasining ham bosh kotibi hisoblanadi. 2014 yildan beri Qohiradagi Ilmiy tadqiqotlar va arabshunoslik institutida talabalarga dars berib keladi. 

Abdulhamid Madkur o‘ttizdan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Bulardan ba’zilari quyidagilar: “Abu Tolib Makkiy va uning so‘fiylik manhaji”, “Muhyiddin Arabiy nazdida valoyat tushunchasi”, “Axloq ilmi bo‘yicha izlanishlar”, “Islom tasavvufi bo‘yicha qarashlar”, “Kalom ilmini o‘rganishga kirish”, “Islom aqidasi bo‘yicha tadqiqotlar”.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry