20.01.2022
254

Abdul Javvod Humom

Abdul Javvod Humom hadis bo‘yicha mutaxassis olim bo‘lib, 1979 yil Suriyaning Hims shahrida tug‘ilgan. Hozirda Livanda yashaydi.


Damashq universitetining Shariat fakultetida bakalavrait va magistraturani tamomlab, doktorlik ishini ham shu yerda himoya qilgan.


O‘z faoliyati davomida Istanbuldagi Marmara universiteti Ilohiyot fakulteti Hadis bo‘limida (2016-2018 yy), Turkiya Muftiylar va Voizlarni tayyorlash oliy instituti, Damashq universiteti Shariat fakulteti, Damashqdagi Shom oliy instituti kabi muassasalarda xizmat qilgan.


Hozirda Livandagi Tripoli universitetining Shariat va Islomshunoslik fakulteti dekani. Shuningdek, Istanbulda joylashgan Ilmiy tadqiqot va merosni tahqiq qilish markazining ilmiy rahbari, “Atoat al-Ilm” jamg‘armasi va “Dorul Kamol al-Muttahida” muassasasi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Imom Buxoriy ensiklopediyasi” loyihasining ilmiy rahbari hisoblanadi.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry