27.11.2021
429

Olimlarimizning haqqini bilmaganlar bizdan emas


“Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin” (“Humaza” surasi, 1-oyat). Insonlarning obro‘sini g‘iybat yo‘li bilan to‘kuvchi odam arab tilida “humaza” deb nomlanadi. Insonlarning ayb va kamchiliklarini imo-ishora bilan masxara qiladiganlar “lumaza” deb nomlanadi.
“Vayl” jahannamdagi bir vodiyning nomi, shuningdek, ushbu so‘z “holiga voy” va “halok bo‘lsin”, degan ma’nolarni anglatadi. Mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik katta gunoh bo‘lsa, uning obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh hisoblanadi. Odam o‘ldirib, qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib, obro‘ to‘kib, insonlarga ozor berganlar ham jahannamga tushadilar (“Tafsiri Hilol”).
“Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir” (“Mujodala” surasi, 11-oyat).
Rasululloh alayhissalom: “Ulug‘larimizni izzat qilmaydigan, kichiklarimizga rahm qilmaydigan, olimlarimizning haqqini bilmaydiganlar men (biz)dan (ummatimdan) emas”, – deganlar (Ahmad va Hokim rivoyatlari).
Olimning haqlaridan... g‘iybat qilmaslik, undan xato qidirmaslikdir... (Ali ibn Abi Tolib).
Olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qoni bilan o‘lchanadi. Shunda olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi. Olimlar bo‘lmaganlarida insonlar chorva mollari kabi bo‘lib qolar edilar. Olimlar yulduzlarga o‘xshaydilar. Agar ular ko‘rinib tursalar, insonlar ularga qarab yo‘l topadilar. Agar ular ko‘zdan yo‘qolib qolsalar, insonlar zulmatda qolib, qayerga yurishni bilmay qoladilar (Hasan Basriy).
Dunyo (yurt) obodligi to‘rt narsaga bog‘liq: rahbarlarning adolati, olimlarning ilmi, boylarning saxovati, muhtojlarning duosi (Abu Homid G‘azzoliy).

Qo‘shimcha malumot

Kun hikmati
Hasan Basriy aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, Alloh uni shaytondan saqlaydi va unga do‘zaxni harom qiladi: istak, qo‘rqinch, shahvat va...
Kun hikmati
Hazrat Umar roziyallohu anhu: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki duo qilishga ilhom berilsa, albatta...
Kun hikmati
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu aytadilar: "Men Alloh taolodan biror narsani so‘rayman. Agar so‘ragan narsamni ato etsa, bir marta...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry