26.11.2021
1207

«Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi».

Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar,
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

«Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi».

Jumhur musulmonlar va boshqa din ahllari ham duo manfaatni jalb qilish va zararni daf etish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonishadi. Alloh taoloning musulmon bo‘lsin, g'ayri din bo‘lsin, bandasining duosini ijobat qilib, unga so‘raganini berishi, rizq va yordam berishi oyat va hadislardan ma’lumdir.

Imom Ibn Moja «Sunan» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan so‘ramasa, Ul Zot undan g‘azablanadi», deganlar.

Alloh taolo O’zining olti sifatiga dalolat qilgani sababidan duo qilishga amr qilgandir:

1. Vujud (borligi). Chunki yo‘qqa duo qilinmaydi. Yo‘qdan biror narsa so‘ralmaydi.

2. G’aniyligi (boyligi). Chunki faqirga duo qilinmaydi. Faqirdan biror narsa so‘ralmaydi.

3. Eshituvchiligi. Chunki karga duo qilinmaydi. Kardan biror narsa so‘ralmaydi.

4. Karam (saxiylik). Chunki baxilga duo qilinmaydi. Baxildan biror narsa so‘ralmaydi.

5. Rahmat. Chunki rahmsizga duo qilinmaydi. Rahmsizdan biror narsa so‘ralmaydi.

6. Qudrat. Chunki ojizga duo qilinmaydi. Ojizdan biror narsa so‘ralmaydi.

Duoni inkor qiluvchi ushbu olti sifatni inkor qiluvchidir. Undan g‘ofil bo‘lgan olti sifatdan g‘ofildir.

Bilingki, sabablarga suyanib, duo qilmaslik tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butunlay tan olmaslik aqldagi nuqsondir. Sabablarni ishlatishdan yuz o‘girish esa ishlarni sabablarga bog‘lab qo‘ygan shariatga ayb taqashdir.

Tavakkul va umidvorlik tavhid, aql va shariat vojib qilgan narsalardan iboratdir. Sabablarga tavakkul qilib (suyanib) qolmaydi ham, ularni behudaga chiqarmaydi ham. Balki, Allohga tavakkul qilgan (suyangan) holda, sabablar Allohning irodasi va izni ila natijali bo‘ladi, deb harakat qiladi.

Alloh taolo duolarni ijobat qilishiga dalil:

وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ  

1. «Robbingiz dedi: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman» (G’ofir surasi, 60-oyat).

وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

2. «Qachon bandalarim sendan Men haqimda so‘rasalar, bas, albatta, Men yaqindirman. Duo qiluvchi Menga duo qilganda, duosini ijobat qilurman» (Baqara surasi, 186-oyat).

وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ  

3. «Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar» (G’ofir surasi, 60-oyat).

«Sunniy aqiydalar» kitobi asosida tayyorlandi

Manba: Islom.uz

Qo‘shimcha malumot

Kun hikmati
Hasan Basriy aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, Alloh uni shaytondan saqlaydi va unga do‘zaxni harom qiladi: istak, qo‘rqinch, shahvat va...
Kun hikmati
Hazrat Umar roziyallohu anhu: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki duo qilishga ilhom berilsa, albatta...
Kun hikmati
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu aytadilar: "Men Alloh taolodan biror narsani so‘rayman. Agar so‘ragan narsamni ato etsa, bir marta...

Izoh qoldirish

Izohlar

08.04.2023 10:24
Alxamdurillax
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry