22.11.2021
272

Quyosh energiyasi eng yirik masjidlarda yuz minglab dollarlarni tejaydi

«Grinpis» tashkilotining yangi hisobotida aytilishicha, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Yevropadagi 10 ta yirik masjidlarda quyosh panellarini o‘rnatish har yili minglab tonnagacha karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga olib kelishi mumkin.

«Grinpis» hisobotida eng yirik masjidlarda, jumladan, Makkadagi Masjid al-Harom va Madinadagi Nabaviy masjidida quyosh energetikasini joriy etishning texnik tomoni batafsil tahlil qilingan.

Ekologlar Glazgo Markaziy masjidi va Damashqdagi Ummaviylar masjidiga quyosh panellarini o‘rnatishning potensial ta’sirini ham tahlil qildilar.

The National News xabariga ko‘ra, Nabaviy masjidiga quyosh panellarini o‘rnatish uchun sarf-xarajatlarni tejash yiliga 375 000 dollarni tashkil etadi va Damashq masjidi uchun yiliga 373 000 dollardan oshadi.

Quyosh energetikasiga o‘tish natijasida Nabaviy masjidi o‘z atmosferaga tashlamalarini yiliga 3 199 tonna karbonat angidridiga kamaytiradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aslida quyosh panellarini o‘rnatish arzon narsa emas, xususan, Nabaviy masjidi uchun quyosh energetikasiga o‘tish qiymati 3,1 mln dollarni tashkil qiladi, ya’ni bu 8 yil ichida masjid uchun ketgan sarfini qoplab beradi.

                                                                                                                                                                                                               

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry