01.04.2021
1025

Soxta salafiylik va ularning iddaolari

XX – XXI asrlarga kelib turli xil diniy oqimlar soni ko‘payib ketdiki, bizning tinch va osuda diyorimizda ham uning salbiy ta’siri biroz kuchaydi. Buning oldi olinmasa, yoshlarimizning ongini zaharlashni maqsad qilgan g‘animlarimiz ularning tarbiyasida ushbu oqimlar ta’sirini kuchaytirish, ma’naviy va ma’rifiy, g‘oyaviy kurashni amalga oshirishga tinmay urinmoqdalar. Biz bugun ana shunday diniy oqimlardan biri bo‘lgan soxta salafiylik haqida to‘xtalib, bu oqimning maqsad, g‘oya va iddaolarini, boshqacha qilib aytganda, asl basharasini ochib o‘rganishga xarakat qilamiz.

Soxta salafiylik – Islomdagi ahkom va fatvolarni har bir zamon taqozosiga qarab emas, hijriy sananing dastlabki uch davriga muvofiq ravishda hayotga tadbiq etishni targ‘ib qiluvchi oqimdir.

Islomda “salaf” deganda, hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonida va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Lug‘aviy ma’nosi ham “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar” degan ma’noni beradi.

Oxirgi yillarda aksar bemazhablar tarafdan sahoba va tobeinlar manhaji niqobi ostida “salafiylik” bayrog‘ini baland hilpiratish holatlari ko‘paydi. Najdlik Muhammad ibn Abdulvahhobning izdoshlari ham bugun “vahhobiy” degan atamadan voz kechishib o‘zlarini solih salaflar yo‘lidamiz deb iddao qilishmoqda. Nosiruddin Alboniy shaxsiyati xuddi o‘sha “salafiylik” targ‘ibotchilari orasida dohiylik kasb qilgan shaxslardan biridir. Salafiylar Nosir Alboniy shaxsiyatiga baho berishda juda haddan oshishgan. Uni “Asr muhaddisi”, “Sunnat bilimdoni”, “Sunnat homiysi” va hokazo balandparvoz ilmiy unvonlar bilan laqablab olishgan. 

Shuningdek, salafiylar orasida oxirgi yillarda fiqhiy va hatto aqidaviy ahkomlarda ham Alboniy fikrlariga murojaat qilish holatlari birlamchi odatga aylandi.

“Salafiylik” oqimi rahnamolaridan biri Nosir Alboniyning to‘rt mazhab aqidasi va fiqhiga xilof ravishda chiqargan bemaza fatvolari qator terib chiqilgan. Ahli sunna e’tiqodli har bir ahli ilm bu fatvolar bilan tanishib chiqar ekan ayrim o‘rinlarda beixtiyor “astag‘firulloh” deb yoqa ushlaydi. Ba’zi o‘rinlarda esa Nosir Alboniyning mantiqsiz fatvolaridan kulgisi kelsa, ayrim joylarda dinimiz nomidan gapirgan bu odamga achinib yig‘lagisi ham keladi.

Modomiki Islom dini fiqhi va aqidasi bilan qiziqar ekansiz, diniy ma’lumotlarni internet orqali tarqatish suv ichishdan ham oson bo‘lgan bugungi tehnika davrida sizning ham Nosir Alboniy nomiga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Zotan salafiylar tomondan tarqatilgan ko‘plab risola va maqolalarda bu odamning nomi albatta bir necha bor zikr qilib o‘tiladi.

Shu nuqtai nazardan toki sizning e’tiqodingizda Nosir Alboniy shaxsiyati buyuk islom olimi sifatida shakllanib qolmasligi, o‘zingiz bilmagan holda unga tobe bo‘lib qolmasligingiz uchun uning asli salafi solihlarga qarshi chiqargan fatvolarini oshkor qilishga jazm etdik. Toki uning asli kim ekanini siz aniq va ravshan bilib oling! Nosir Alboniyga tuhmat, degan fikr paydo bo‘lmasligi uchun har bir fatvoning aniq manbasi uning tagida alohida izoh sifatida yozib ko‘rsatildi.

Iddao: “Iymon, namoz, ro‘za, zakot, haj kabi 5 ta farzdan tashqari jihod – oltinchi farz va har bir musulmon uchun farzi ayn”dir.

Raddiya: Iymon, namoz, ro‘za, zakot, haj islomning 5 ta arkoni hisoblanadi. Undan biror narsa olish yoki qo‘shishga faqat Alloh va uning Rasuli haqlidir. Shulardan zakot va haj qodir bo‘lganlarga farzi ayn yoki qodir bo‘lmaganlarning zimmasidan soqit bo‘ladi.

Xo‘sh, aqidaparastlarga kimlar ergashadi?! Albatta, bilimsiz, ongida bo‘shliq paydo bo‘lgan odamlar, ayniqsa, yoshlar ergashadi. Ko‘p millatli yurtimizda aqidaparastlikka qarshi keskin va ommaviy mafkuraviy kurash olib borilmoqda. Shunday ekan, biz yoshlarimizni har tomonlama barkamol, el-yurt ishi uchun fidoyi, chin vatanparvar insonlar etib tarbiyalash, ularning ongida yot va zaharli g‘oyalarga joy qoldirmaslik, ularni foydali ishlarga jalb etish kabi xayrli ishlarni, tadbirlarni amalga oshirsak, yurtimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz bizlardan ko‘ra ham baxtli bo‘ladi degan umiddaman.

Rashidov Abrorxo‘ja

"Hidoya" o‘rta maxsus islom
bilim yurti xodimi

 

Manbaa: muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

Ortga surmang
Keyinga qoldirish shayton qo‘llagan yo‘l hisoblanib, u bu bilan musulmonni yo‘ldan ozdirishni maqsad qiladi. Chunki shayton mo‘minni dindan voz kechtirolmasligini,...
Hastimom Abu Bakr Qaffol Shoshiy – mehr-saxovat sohibi
Ko‘hna Toshkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom (Hastimom) ziyoratgohi poytaxtning bosh yodgorlik majmualaridan biri sanaladi. Mazkur joy atamasi shu yerdagi asosiy...
Sof e’tiqod dushmanlari
Tinchlik, millatlar va dinlararo bag‘rikenglik, Vatanni ardoqlash, oilani muqaddas sanash kabi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi dinimiz nomiga dog‘ tushirgan, butun dunyo...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry