26.03.2021
315

Nayif Al-Hajraf: O‘zbekiston Islom sivilizasiyasiga ulkan hissa qo‘shgan

 

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari hamkorlik kengashi (FKAMHK) Bosh kotibi Nayif Falah Al-Hajraf bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Nayif Al-Hajraf Fors ko‘rfazi mamlakatlarining O‘zbekiston bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelgani, kelgusida do‘stona aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, FKAMHK O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan, ishbilarmon doiralar uchun ochiq, islom sivilizasiyasiga katta hissa qo‘shgan mamlakat deb biladi.

Hozirgi kunda Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy va boshqa ko‘plab buyuk allamolar merosi o‘rganilib, yangi ilm cho‘qqilarini zabt etish va insoniyat hayotining turli jabhalarini rivojlantirishda keng foydalanilmoqda, dedi u.

Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Nayif Al-Hajraf Kuvayt davlatining vakili bo‘lib, bu lavozimga 2020 yil 1 fevralda tayinlangan.

FKAMHK muhim mintaqaviy tashkilot bo‘lib, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Kuvayt, Oman va Bahrayn kabi davlatlarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot 1981 yilda tashkil topgan.

 

Manbaa: muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry