
SOTVOLDIYEV OYBYEK XAYRULLO O’G’LI
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi boshlig‘i
Sotvoldiyev Oybek Xayrullo o‘g‘li 1996 yil Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2014-2018 yillarda Toshkent islom universitetining “Islom tarixi va manbashunosligi” yo‘nalishida tahsil olgan. 2018-2020 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligini tamomlagan.
Sotvoldiyev Oybek 2019-2020 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi kichik ilmiy xodimi, 2020 yilda “al-Jome’ as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha kichik ilmiy xodimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2020-2022 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2022 yildan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
Sotvoldiyev Oybekning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnal va konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Hozirda u “Muhammad ibn Sa’d Zuhriy “Tabaqot al-kubro” asari islom tarixiga oid muhim manba” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Qo‘shimcha malumot


3_large-middle.jpg)
Izohlar