08.09.2021
285

Dunyodagi eng katta Qur’on nusxasi namoyish etiladi

Shu yil 2 oktyabr kuni alyuminiy materialga ishlangan dunyodagi eng katta hajmdagi Qur’oni karim nusxasi “Dubay Ekspo 2020” xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Uni pokistonlik xattot ko‘chirgan.

Pokistonlik rassom besh yil oldin alyuminiy materialga Qur’on oyatlarini yaltiroq harflar bilan o‘yib chizgan. Bu alyuminiyga yozilgan 1400 yillik Islom tarixidagi dunyodagi eng katta Qur’oni karim nusxasidir. Rassom ilgari xuddi shunday shriftda alyuminiy va oltindan Allohning 99 ta go‘zal ismlarini o‘yib yozgan.

Shahid Razod besh yil oldin boshlagan loyihasini bu yil olti oy davom yetadigan “Dubay Ekspo 2020” ko‘rgazmasida namoyish etadi.

Ma’lumot uchun: Shahid Razam 2000 yilda Al Ayn universitetining «Yil rassomi» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Qur’oni karimning alyuminiy materialga o‘yib yozilgan ushbu nusxasi ramkadan tashqari uzunligi 8,5 fut (259 sm) va kengligi 6,5 fut (198 sm). Har bir sahifasi 150 so‘zdan iborat bo‘lib, ularning umumiy soni 550 tani tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Dubay Ekspo 2020” ko‘rgazmasi o‘tgan yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli qoldirilgandi.

Xalqaro ko‘rgazma shu yilning 1 oktyabridan 31 martigacha 182 kun davomida o‘tkaziladi. Unda 25 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi kutilmoqda.

 

O‘MI xalqaro aloqalar bo‘limi

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry