30.03.2021
382

Imom Moturidiyning dunyo falsafasiga qo‘shgan hissasi

Joriy yilning 30 mart kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi islom sivilizasiyasi markazi, Imom Moturidiy xaqaro ilmiy-tadqiqot markazi,  Imom Termiziy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqanddagi hadis ilmi maktabi va Imom Buxoriy nomidagi Islom instituti hamda Mir Arab oliy madrasasi professor-o‘qituvchilari, olimlar, ilmiy xodimlar va talabalar ishtirokida “Imom Moturidiyning dunyo falsafasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida onlayn ilmiy anjuman o‘tkazildi. 
         Anjumanda Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi moturidiyshunos olim Shayx Otabek Shukurov Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi hamda mrturidiylik ta’limotini xalqaro jamoatchilikka yetkazish haqida ma’ruza qildi. Anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov moderatorlik qildi.
        Mazkur ilmiy anjumanda  Abu Mansur Moturidiyning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi, moturidiya ta’limotini shakllanishida Moturidiy izdoshlari bo‘lgan allomalarning o‘rni, moturidiylik va ash’ariylik ta’limotlari tarqalgan hududlar kabi masalalar ishtirokchi olimlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
        Anjuman davomida olimlar moturidiylik manbalarining tahqiqi borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu onlayn uchrashuv moturidiy ta’limotining bugungi kundagi dolzarb ahamiyati borasida olimlarning turli ilmiy yondashuvlariga boy bo‘ldi. 
       Anjumanda ishtirok etgan olimlar ana shunday ilmiy hamkorlikni kelgusida doimiy tarzda davom ettirish muhimligini aytib o‘tdilar. Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Tohirov tomonidan moturidiylik va bugungi kunning dolzarb masalalari, moturidiylik ta’limoti va ilm-fan yutuqlari mavzularida koferensiyalar o‘tkazish taklifi bildirildi. Shuningdek,  Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Abdullatif Alloqulov kelgusida amalga oshiriladigan ana shunday ilmiy hamkorlik doirasida moturidiylik ta’limoti yuzasidan mavzulashtirilgan  konferensiyalarni o‘tkazish taklifini aytib o‘tdi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry