30.05.2023
117

IRCICA tashkiloti direktori Mahmud Erol Qilichning kitobi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyadagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish – IRCICA tashkiloti direktori, professor Mahmud Erol Qilichning “Shayx-i-Akbar” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, kafedra professor-o‘qituvchilari, olimlar va talabalar ishtirok etdi.

Muloqotni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berib, Akademiya rektori Muzaffar Komilovning tabrigini yetkazdi.

Taqdimot davomida Mahmud Erol mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga minnatdorlik bildirdi. Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish – IRCICA tashkilotining maqsad-vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Tashkilot tomonidan chop etilgan kitoblar, xususan, “Shayx-i-Akbar” nomli kitobi haqida ma’lumot berdi.

Professor Mahmud Erol Qilich 1961-yilda Istanbulda tug‘ilgan. 1993-yilda Turkiya universitetlarida tasavvuf bo‘limlari tashkil etilgandan so‘ng u “Ibn Arabiy tafakkurida borliq va uning bosqichlari” (1995) nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (nashr etilgan). 1998-yilda dotsent, 2004-yilda esa professor unvoniga ega bo‘ldi. 

Uning “Tasavvuf va she’r: Usmonli tasavvuf shirin poetikasi” nomli asari 2004-yilda Turkiya Mualliflar uyushmasining Tadqiqot mukofotiga sazovor bo‘lgan va bir qancha tillarga tarjima qilingan. Hozirgacha uning 16 ta kitobi, 5 tasi tarjimasi, 2 tasi muharrirlik qilgan kitoblari nashr etilgan. 

Uchrashuv yakunida Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish – IRCICA tashkiloti vakillari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Bu har ikki ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Yakunda ikki tomon vakillari sovg‘alar almashishdi.

Манба: iiau.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry