
ISTANBUL UNIVERSITETI PROFESSORLARI MARKAZGA TASHRIF BUYURDILAR
Hozirgi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida boshqa sohalarda bo‘lgani kabi ilmiy tadqiqot yo‘nalishida ham amaliy hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilning 23-may kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Turkiyaning Istanbul universiteti o‘rtasida imzolangan Erasmus+KA107 almashinuv dasturi bo‘yicha taklif etilgan Ilohiyot fakulteti professorlari Merve Ozaykal va Ali Kayxanlar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurdilar. Mehmonlarni markaz direktori Jamoliddin Karimov kutib oldi.


Tashrif mobaynida professor o‘qituvchilar markaz faoliyati, ilmiy tadqiqot natijalari, tarjima jarayonlari, nashr etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan markazning so‘ngi nashrlari bo‘lmish Ta’vilot al- Qur’on asarining 27-28, 25-26-juzlari, Kitob at-Tavhid va boshqa ko‘plab asarlarning ilmiy tadqiqot natijalari hamda tarjima jarayonlarini yuksak e’tirof etdilar.

Shuningdek xorijiy mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etiladigan Moturidiylik jurnali to‘g‘risida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Xorijlik professor o‘qituvchilar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Markazda ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lamiga ijobiy baho berdi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha malumot



Izohlar