16.03.2023
21

O‘zbekiston delegatsiyasi 2023 yil 15 mart kuni Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti hamda Arab tili ta’limini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti dekani professor Iman Haridi bilan uchrashuv tashkil qilinib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda Arab tili yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, akademiya bitiruvchilarining bitiriv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalariga Qohira universiteti professor-o‘qituvchilarini ilmiy rahbar sifatida jalb qilish, xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro e’tirof etilgan til bilish imtihonlarini O‘zbekistonga olib kirish, arab tilini o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyiha va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Shuningdek, Qohira universiteti Arab tili ta’limini rivojlantirish markazi rahbari doktor Mustafo Orabi bilan tashkil etilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik arab tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish hamda stajirovka dasturlarini tashkillashtirish, arab tilini masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda konferensiya va ilmiy seminarlar hamda talabalar uchun ta’til vaqtida arab tili kurslarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida doktor Mustafo Orabi yaqin hamkorlikka tayyor ekanligi, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Qohira universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Qo‘shimcha malumot

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...

Izoh qoldirish

Izohlar

25.03.2023 00:34
Siz buyragingizni 400 000 dollarga sotishga qiziqasizmi? Bu sensan Buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsiz Moliyaviy inqiroz tufayli nima qilishni bilmay qolasiz. Keyin bugun biz bilan bog'laning Elektron pochta: doctorumarclinic@gmail.com WhatsApp: +31 684911709 Telegram:+31 684911709 Viber: +31 684911709 Biz sizga buyragingiz uchun yaxshi pul taklif qilamiz. Mening ismim Doktor KIAAN Men UMAR klinikasida nefrologman. Bizning klinikamiz buyrak jarrohligiga ixtisoslashgan va biz ham davolaymiz Buyraklarni sotib olish va transplantatsiya qilish Tegishli donor. Biz Hindiston, Turkiya, Frantsiya, Nigeriya, AQSh, Malayziya, Dubay, Quvaytda joylashganmiz diqqat bilan DR KIAAN
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry