15.03.2023
21

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish uchun 15-16 mart kunlari amaliy tashrif bilan Anqara shahrida bo‘ladi.

Navbatdan tashqari sammitning kun tartibiga muvofiq, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, sammit davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif davomida sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Samarqand sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq,  savdo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, logistika, fan, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan 30 dan ortiq ko‘p tomonlama tadbir amalga oshirilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
rasmiy veb-sayti

Qo‘shimcha malumot

O‘zbekiston delegatsiyasi 2023 yil 15 mart kuni Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti hamda Arab tili ta’limini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti dekani professor Iman Haridi bilan uchrashuv tashkil qilinib, O‘zbekiston xalqaro islom...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry