09.03.2023
482

MILLIY VA DINIY QADRIYATLAR UYG’UNLIGI

Islom dini ezgu umuminsoniy qadriyatlarni inkor etmaydi. Hatto dinimizga zid bo‘lmagan urf-odatlar shariat manbalaridan biri hisoblanadi.

Aslida milliy-diniy qadriyatlarimiz bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Qadriyatlar asrlar davomida xalqimiz tomonidan e’zozlanib keladi. Ular kelib chiqishiga ko‘ra milliy, umuminsoniy va diniy qadriyatlar bo‘lishi mumkin.

Agar u milliy urf-odat va an’analar shaklida bo‘lsa, milliy qadriyat. Agar bir nechta millat va xalqlar e’tirof etgan bo‘lsa, umuminsoniy qadriyat. Diniy ta’limotga asoslangan bo‘lsa, diniy qadriyat deyiladi. O’zbekona azaliy qadriyatlarimizni milliy yoki diniyga ajratish qiyin.

Masalan, salom-alik qilish, ota-ona, qarindosh-urug‘, yetim-esirlarga yaxshilik qilish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi odatlar Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda savobli amallar ekani ta’kidlangan. Bu odatlarga xalqimiz ming yillardan beri qadriyat sifatida amal qilib keladi.

Hadisi sharifda shunday deyiladi: «Kimki kattamizni hurmat qilmasa, kichigimizga rahm-shafqat ko‘rsatmasa, olimimizning haqqini bilmasa bizdan emas».

Payg‘ambarimiz alayhissalom zamonlarida islom ta’limoti joriy bo‘layotgan vaqtlarda mavjud bezarar milliy urf-odatlar bekor qilinmay saqlanib qolgan.

Albatta, asl qadriyatlarni turli bid’at-xurofotlardan farqlash zarur. Yaqin o‘tmishda urfga kirib qolgan isrofgarchilik, dabdababozlik kabi illatlar taraqqiyotga emas, aksincha, zararga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda o‘sib kelayotgan yoshlarni milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash har bir ota-onaning burchi hisoblanadi.

 

Qo‘shimcha malumot

ISLOM TINCHLIK VA HAMJIHATLIK DINI (1-qism)
Islom o‘z mohiyatiga ko‘ra tinchlik dinidir. U insonlarni tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safrlashga, turli fitna va o‘zaro...
Tinchlik va osoyishtalik – oliy ne’mat!
Ma’lumki, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biridir. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug‘...
Mazhabsizlik – musulmonlar birligiga ulkan tahdid
XX asr so‘nggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo‘ldi. U ham...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry