31.01.2023
181

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi

Poytaxtimizda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shozaim Minovarov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorlari, olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiya qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi muzey konsepsiyasini takomillashtirish, uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni izchil va sifatli bajarish mavzularini muhokama qilishdi. Soha olimlari Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ma’qulladi. Ayni paytda, o‘zbek ma’rifatparvarlari – jadidlar, vaqf, tariqatlar, islomdan oldingi davr mavzulariga ko‘proq ahamiyat berish zarurligini ta’kidlandi. Berilgan takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqilishi qayd etildi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry