
Bugunning sovg‘asi
Men sizga quyoshni ham oyni ham sovg‘a qilmayman, chunki ular botib ketguvchidir.
Men sizga shamni yoki muzni ham sovg‘a qilmayman, chunki ular erib ketguvchidir.
Men sizga chechak yoki atir gulni ham sovg‘a qilmayman, chunki ular quriguvchidir.
Men sizga سبحان الله (subhanalloh)ni, والحمد لله (valhamdu lillah)ni, ولا اله الا الله (vala ilaha illalloh)ni va والله اكبر (vallohu akbar)ni sovg‘a qilaman.
Chunki, ana o‘shalar sizning mezoningizda abadiy qoladi.
Ushbu kalimalar sababidan Alloh taolo Sizdan uch narsani ketkazadi: faqrlikni, ko‘ngil ziqligi va tashvishni;
Sizning uch narsangizni saqlaydi: joningizni, ahlingizni va diningizni;
Sizga uch narsani ato etadi: keng rizq, ne’matga shukr va uzoq umr;
Sizni uch narsadan asraydi: jahannam otashidan, hasadgo‘y ko‘zdan, dushmanning makridan;
Sizga uch narsada ko‘makchi bo‘ladi: Allohni zikr qilishga, Unga shukr qilishga va chiroyli ibodat qilishga.
Qo‘shimcha malumot


