26.03.2021
396

Abu Muin Nasafiy merosi Niderlandiya OAVlari nigohida

Niderlandiyaning «Diplomat Magazine» jurnalida «Moturidiy ta’limotining izdoshi» sarlavhasi ostida Abu Muin Nasafiyga bag‘ishlangan maqola nashr etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Mustaqillik sharofati bilan olimlar Abu Muin Nasafiy hayoti va ijodini ilmiy asosda o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi, deb ta’kidlanadi materialda.

O‘zbekiston Prezidenti diniy arboblar bilan muloqotda bugungi kunda o‘zbek xalqining buyuk ajdodi asarlari katta ahamiyatga ega ekani va ularni nashr etish, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu majmuada, shuningdek, Samarqand qog‘oziga yozilgan Qur’oni Karimning qo‘lyozma nusxasi saqlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bunday kitoblar o‘zbek xalqining bebaho merosi ekani, ularni kelajak avlodlarga yetkazish kerakligini ta’kidladi, deb qayd etadi muallif.

Shuningdek, maqolada mashhur ilohiyotshunos va mutafakkir Abu Muin Nasafiy 1027 yilda Nasaf (hozirgi - Qarshi) shahrida tug‘ilgani va shu yerda tahsil olib, bilimini oshirgani ma’lum qilingan.

«U XI asr aqida ilmining yorqin vakillaridan biridir, - deb e’tirof etadi nashr. - Abu Muin Nasafiy Abu Mansur Moturidiy asos solgan Moturidiya ta’limoti rivojida muhim rol tutgan. Nasafiy o‘z asarlarida Islom haqidagi noto‘g‘ri tushunchalarga oydinlik kiritgan, diniy fanatizmga qarshi kurashgan. Islomshunos olim 1114 yilda Samarqandda vafot etgan va Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan». 

Abu Muin Nasafiy - Abu Mansur Moturidiy asos solgan Moturidiya ta’limotining tarqalishiga katta hissa qo‘shgan buyuk ilohiyotshunoslardan biridir.

Buyuk ilohiyotchilar Abu al-Hasan al-Ashariy va Abu Mansur Moturidiyning shogirdi Abu Muin Nasafiy kalom ilmining turli yo‘nalishlarida 15 ga yaqin asar yozgan. «Al-Umda fi usulil-fiqh» («Fiqh usullari tayanchi»), «Tabsiratul-adilla fi ilmil-kalom» («Kalom ilmidagi dalillar ko‘zgusi»), «At-Tamhid li qavoidit-tavhid fiy ilmil-kalom» («Kalom ilmidagi tavhid qoidalar uchun yagona kitob»), «Olim va mutaallim» («Olim va ilm o‘rganuvchi»), «Izoh va mahajja li kavnil-aql hujjatan» (“Aql dalilligini izoh va hujjatlar bilan asoslash»), «Manohijul-aimma fil-furu’» («Imomlarning huquqshunoslik bo‘yicha tutgan yo‘llari»), «Mu’taqidot» («E’tiqodlar») asarlari shular jumlasidandir. Ushbu asarlar qo‘lyozmalari bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Abu Muin Nasafiy ilmiy merosi islom falsafasining eng qimmatli manbalardandir. Mutafakkir asarlarining qo‘lyozmalari Dubay, Damashq va Iskandariya kutubxonalarida ham saqlanadi. Shuningdek, uning asarlari 1886 yilda Bag‘dodda va 1908 yilda Qohirada nashr etilgan.

Maqola ta’kidlanishicha, dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan Abu Muin Nasafiy asarlari orasida «Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy ta’limotiga muvofiq dalillar bilan izohlash» nomli kitobi ham bor. Olimning «Bahrul-kalom» («Kalom dengizi») asari Moturidiy ta’limotining asosiy manbalaridan biridir.

 

Manbaa: muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry