10.01.2023
83

Haj va umra xizmatlari konferensiya-ko‘rgazmasi boshlandi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 

Saudiya Arabistoni Makka Amiri, Ikki muqaddas masjid xodimi maslahatchisi Shahzoda Xolid al-Faysal tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etmoqda. 

Ushbu koʻrgazma joriy yilning 12-yanvar kuniga qadar davom etadi. Mazkur xalqaro koʻrgazma Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati “Haj-2023” tadbirlariga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun oʻtkazilmoqda. 

Tadbirda dunyoning turli davlatlaridan vazirlar, muftiylar, haj va umra tadbirlarini tashkil etishga maʼsul Saudiya Arabistonining idoralari va xalqaro kompaniyalar qatnashmoqda.

Koʻrgazma doirasida “Haj-2023” mavsumida mehmonxona, ovqatlanish, transport, qurbonlik, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida xizmat koʻrsatish boʻyicha zamonaviy loyihalar taqdimot qilinadi.

Ushbu tadbir Saudiya tarixida keng jabhada birinchi bor tashkil etilayotgani bilan katta ahamiyatga ega boʻlib, bu orqali Saudiya hukumati haj va umra ziyoratchilariga sifatli xizmat koʻrsatilishini tashkil etish borasidagi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻygan.

Anjuman doirasida Haj va umra ziyoratchilariga koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida oʻzbek, arab va ingliz tillarida chop etilgan “Oʻzbekistonlik ziyoratchilar uchun haj va umra xizmatlari” nomli fotoalbom ayrim ishtirokchilarga taqdim etildi.

Manba: Muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

O‘zbekiston delegatsiyasi 2023 yil 15 mart kuni Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti hamda Arab tili ta’limini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti dekani professor Iman Haridi bilan uchrashuv tashkil qilinib, O‘zbekiston xalqaro islom...
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry