09.01.2023
79

O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra ishlari vaziri bilan uchrashdi

2023-yil 8-yanvar kuni Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Аrabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vazirligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqotda Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboev ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda 2023-yilgi haj mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov O‘zbekiston va Saudiya Аrabistoni Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik bosqichlari, haj va umra tadbirlarini tashkil etish rivojlanib borayotgani, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar taraqqiy etayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022-yil avgust oyida ikki Muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon bin Аbdulaziz Ol Saud taklifiga binoan, davlat tashrifi bilan Saudiya Аrabistoniga borishi hamkorlik munosabatlarini yanada yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qilayotgani alohida qayd etdi.

Shuningdek, Muzaffar Komilov Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiaga nufuzli anjumanga taklif etgani va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mazkur tashrif natijasida hamkorlik munosabatlarini yanada takomillashtirish asosiy maqsad ekanini maʼlum qildi.

Vazir janoblari so‘nggi yillarda Saudiya Аrabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Аrabistoniga davlat tashrifi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanini eʼtirof etdi.

Shuningdek, vazir Saudiya Аrabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonga safar qilishda vizasiz tizim joriy etilgani juda katta yengillik ekanini taʼkidlash barobarida ushbu imkoniyatlarni Saudiya Аrabistonida keng targ‘ib etish yaxshi natija berishini bildirdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboev haj va umra ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarni taqdim etdilar.

Muzokaralarda Madina shahridagi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam siyratlariga oid innovatsion muzey kabi Samarqand viloyati Imom Buxoriy majmuasida ham mazkur buyuk muhaddis hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey barpo etish ishlari jadal davom ettirilayotganini bayon qilindi. O‘z navbatida vazir janoblari ushbu muzeyning ochilish marosimiga borish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Muloqot yakunida tomonlar sovg‘alar topshirdilar va esdalik uchun suratga tushdilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

O‘zbekiston delegatsiyasi 2023 yil 15 mart kuni Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti hamda Arab tili ta’limini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti dekani professor Iman Haridi bilan uchrashuv tashkil qilinib, O‘zbekiston xalqaro islom...
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry