07.12.2022
100

IMOM MOTURIDIY MEROSI BO‘YICHA TANLOV

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Misr Arab Respublikasining al-Azhar majmuasi tadqiqotchilari o‘rtasida Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari e’lon qilindi.

Ta’kidlash o‘rinliki, tanlov al-Azhar majmuasi professor-o‘qituvchilari, talaba va tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, majmua tarkibidagi Islom tadqiqotlari akademiyasi Bosh kotibi doktor Nazir Ayyad tanlov haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad moturidiylik ta’limotining paydo bo‘lish tarixi bilan bir qatorda, Imom Moturidiy hamda uning izdoshlari hayoti va ilmiy merosini chuqur o‘rganish, xalqaro hamjamiyatga keng targ‘ib qilishdan iborat. Xususan, moturidiylik aqidaviy mazhabi, uning rivojlanish bosqichlari, moturidiy olimlar ilmiy merosi, dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan moturidiylik ta’limotiga oid nodir qo‘lyozma asarlarni tadqiq qilish, ta’limotda aks etgan bag‘rikenglik tamoyillari hamda umuminsoniy qadriyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish, islom niqobi ostida faoliyat olib borayotgan buzg‘unchi oqimlarning g‘oyalariga qarshi raddiyalar berish, jahon afkor ommasida islom dinining asl insonparvarlik mohiyati haqida to‘g‘ri tushuncha va tasavvurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”.

Ishtirokchilar tomonidan tanlov uchun taqdim qilingan tadqiqotlar al-Azhar majmuasining malakali xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Tanlovda al-Azhar universiteti professor-o‘qituvchilari doktor Amol Usmon, doktor Avvod Mahmud Avvod va doktor Muhammad Mish’allar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, qimmatbaho sovg‘alar hamda O‘zbekistonga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Ta’kidlash lozimki, mazkur tanlov Misr Arab Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy-madaniy sohadagi yaqin hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim voqea hisoblanadi.

Misr Arab Respublikasining “al-Ahrom” gazetasi,

2022 yil 5 dekabr

Qo‘shimcha malumot

O‘zbekiston delegatsiyasi 2023 yil 15 mart kuni Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti hamda Arab tili ta’limini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti dekani professor Iman Haridi bilan uchrashuv tashkil qilinib, O‘zbekiston xalqaro islom...
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry