06.12.2022
220

Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi Al-Azhar universiteti tadqiqotchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Imom Moturidiy merosi” nomli tanlov g‘oliblari nomini e’lon qildi

“Imom Moturidiy merosi” nomli tanlov Al-Azhar shayxi Ahmad Toyyibning ko‘rsatmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi doktor Nazir Ayyod tanlov borasida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Tanlov moturidiylik ta’limotining paydo bo‘lish tarixi bilan bir qatorda Imom Moturidiy va izdoshlarining hayoti va ilmiy merosini chuqur o‘rganishni maqsad qilgan. Unda moturidiylik maktabi va uning rivojlanish bosqichlari, moturidiy allomlar merosi hamda jahon kutubxonalari xazinalarida saqlanayotgan moturidiylik ta’limotiga oid qoʻlyozmalarni o’rganish, moturidiy olimlar ilmiy merosida mujassamlashgan bag‘rikenglik va insoniy qadriyatlarni ochib berish, hozirda islom niqobi ostida o‘z faoliyatini olib borayotgan zamonaviy oqimlarning takfirchi g‘oyalariga qarshi turish, jahon hamjamiyatida islom dini haqida to‘g‘ri tushuncha va aniq tasavvurni shakllantirish kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Tanlov Misr Arab Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash doirasida amalga oshirildi”.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, nomzodlar tarafidan taqdim etilgan ilmiy ishlarni hakamlar hay’ati baholangan. Tanlovda Al-Azhar universiteti tadqiqotchilaridan Amol Usmon, Avvad Mahmud Avvad Solim va Muhammad Mish’al dastlabki uch oʻrinni egallaganlar. Gʻoliblar esdalik mukofotlari bilan taqdirlangan va yaqin orada ular uchun Oʻzbekiston Respublikasiga ilmiy safar tashkil qilinishi mo’ljallangan.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry