
Markaz “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida
Joriy yilning 5-dekabr kuni “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Markaz direktori J.Karimov hamda bo‘lim boshlig‘i A.Alloqulov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Seminar davomida yig‘ilganlarga Imom Moturidiy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati, Markazning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, Markaz tomonidan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, moturidiylik ta’limoti, ushbu aqidaviy mazhab rivojiga hissa qo‘shgan yurtimiz allomalarining hayoti va ilmiy faoliyati bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi.


Shu bilan birga, Markaz tomonidan nashr qilingan kitoblar, jumladan, “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-juzining o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasining taqdimoti ham tashkillashtirildi.


Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan seminarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Bu kabi ilmiy seminarlarning tashkil etilishi aholi, ayniqsa yoshlar orasida mo‘‘tadil ta’limotning keng tarqalishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
matbuot xizmati
Qo‘shimcha malumot



Izohlar