05.12.2022
252

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Konstitutsiya– baxtimiz qomusi!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida yangilanayotgan konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat bo‘lishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekani qayd etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry