02.12.2022
247

Imom Moturidiyning "Istivo" haqida aytgan ajoyib ta’villari

“So‘ngra Arshga “istivo qildi” (Sajda, 4) oyati borasida ham yuqorida ko‘p ta’villarni aytib o‘tdik. Biroq bu yerda yuqorida aytib o‘tmagan boshqa bir ma’noni aytamiz. Ehtimol bu ma’no to‘g‘riroq va haqiqatga yaqinroqdir. 

Shunday bir so‘zlar va gaplar borki, Alloh taolo aql va fahm uchun uni idrok qilish va anglashga yo‘l qoldirmagan. Misol uchun, “So‘ngra Arshga “istivo” qildi” iborasi. Zero ushbu ibora boshqa o‘rinda zikr qilinib, u haqida o‘ta xabardordan so‘rashga amr qiladi:

ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ الرَّحْمَنُ فَاسْأَلْ بِهِ خَبِيرًا.

"So‘ngra U Arshga “istivo qildi”. U Rahmondir. Uni Xabardordan so‘ra!" (Furqon, 59).

Agar ushbu so‘z (istivo)ni insonning aqli va tushunchasida bilish va anglash imkoni bo‘lganda, olamlar Rabbisining elchisi bo‘lgan zot xabardordan, ya’ni Alloh yoki Jabroildan so‘ramasdan turib ham tushungan va anglagan bo‘lardi. 

Alloh taolo u zotni bu haqida so‘rashga amr qildimi, demak buni aql va fahm orqali anglab, tushunib bo‘lmaydi, balki Allohdan bo‘lgan naql orqali bilinadi. Rasulullohdan uni tafsir qilganlari yoki u haqida gapirganlari yoki biron kishi u haqida so‘ragani naql qilinmagan. Vallohu a’lam.

Imom Moturidiy. Ta’vilot al-Qur’on.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry