01.12.2022
211

Yurtimiz allomalari dovrug‘ini dunyoga taratishga xizmat qiladigan asar taqdimoti

Shu yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida musulmon dunyosida taniqli muhaddis olim, Shayx Muhammad Avvomaning farzandi doktor Muhyiddin Avvoma qalamiga mansub “O‘zbekistonga sayohat” kitobi keng jamoatchilik ishtirokida taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Mana shundaylar orasida Islom olamida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan fazilatli allomalarning ham borligi katta iftixor bag‘ishlaydi. Ma’lumki, 2018 yilda Shayx Muhammad Avvoma hazratlari boshchiligidagi mehmonlar diyorimizga tashrifda qiblagohiga hamrohlik qilgan Muhyiddin ibn Muhammad Avvoma safar davomida olgan taassurotlarini jamlab, “O‘zbekistonga sayohat” nomli asarini yozdi.

Tadbir Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar ila boshlandi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov muallif ushbu kitobda safar davomidagi taassurotlari, ziyorat davomida tuygan hislari, yurtimiz tarixiga oid muhim ma’lumotlar, xususan, diyorimizga Islom dinining kirib kelishi, shonli tariximiz, madaniyatimiz, o‘tmishda o‘tgan xalqimizning go‘zal xulq-atvorlari haqida ham so‘z yuritganini alohida qayd etdi. Shuningdek, u ushbu kitobda ziyorat davomida tashrif buyurgan har bir olimning tarjimai hollari ham keltirilgani yurtimiz, allomalarimiz dovrug‘ini yanada butundunyoga taratishga xizmat qilishi kabi manfaatli va muhim jihatlariga alohida to‘xtaldi.

“Hilol nashr” nashriyoti va islom.uz portali rahbari Ismoil Muhammad Sodiq Shayx Muhammad Avvoma hazratlarining yurtimizga tashrifi jarayonlari, farzandlari doktor Muhyiddin Avvoma qalamiga mansub “O‘zbekistonga sayohat” kitobining yozilish tarixi haqida so‘zladi.

Doktor Muhyiddin Avvoma mazkur asarni yozishga bo‘lgan asosiy omillar, uning tarkibiy qismlari, keltirilgan zamin allomalarining hayotlari va faoliyatlari, yurt ulamolari qator mamlakatlarga ilmiy safar qilganlari, dunyo kezgan bo‘lsalarda o‘z ona yurtlariga qaytib, o‘zlari ulg‘aygan vatan tuprog‘iga dafn etilganlari kabi ibratli voqealarni keng izohlab berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi Muhammad Ayyubxon domla Homidov ushbu kitobning ahamiyati, o‘lkamizning ziyorat turizmi salohiyatini butun dunyoga keng namoyish etishdagi o‘rni va uni o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali diyor ulamolarining hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan noyob qirralarini kashf etish mumkinligini alohida qayd etdi.

So‘zga chiqqan notiqlar keyingi yillarda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda ziyorat turizmini jadallashtirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, chindan ham, o‘lkamizda ziyorat turizmni rivojlantirish uchun dunyoning hech bir chekkasida uchramaydigan juda ko‘p noyob madaniy meroslar, osori atiqalar, allomalarimiz qo‘nim topgan maqbara va ziyoratgohlar mavjud ekani, bularning barchasi O‘zbekiston qadimdan ilm-ma’rifat markazi, bu diyor butun dunyoga olimlarni yetishtirib bergan zamin bo‘lganini ko‘rsatishini izohladi. “O‘zbekistonga sayohat” nomli asari mana shunday jihatlarni o‘z ichiga qamrab olganini bildirdilar.

Taqdimot doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlarining tashabbuslari bilan tashkil etilgan muslim.uz internet portalining yangi media markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Kitob taqdimotida taniqli ulamolar, tajribali va faol imom-xatiblar va muddarislar, talaba-yoshlar, OAV xodim va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry