28.11.2022
290

“Sahihi Buxoriy” asarining taqdimoti o‘tkazildi

Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan beqiyos hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlari hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi. 

Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. 

Quvonarlisi, so‘nggi yillarda yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy qalamiga mansub “Sahihi Buxoriy” asarining o‘zbek tilidagi sharhi kitobining taqdimoti o‘tkazildi. 

Tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Hilol-nashr” matbaa nashriyoti bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, taniqli olimlar, diniy-ma’rifiy soha vakillari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari ishtirok etishdi. 

Taqdimotni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o‘z nutqida O‘zbekiston – dunyo tamadduni va islom dini rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongani ta’kidladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ajdodlarimiz merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotganini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar buyuk allomaning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, tadqiq etish, keng afkor ommaga, xususan, yoshlarga yetkazish muhim ekanini ta’kidlashdi. 

Darhaqiqat, manbalarga ko‘ra, Imom Buxoriy “Sahih al-Buxoriy” asarini jamlash, muqaddas islom dinining asl mohiyatini targ‘ib etish uchun o‘zining butun umrini baxshida etadi. 

Tadbir nihoyasida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry