25.11.2022
193

O‘zbek olimining kitobi Bayrutda chop etildi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abdumalik To‘ychiboyev XII asrda Samarqand muhitida yashab ijod qilgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri, asli Kesh (Shahrisabz) shahridan bo‘lgan Ahmad ibn Muso al-Keshshiy qalamiga mansub “Majmu’ al-havodis va an-navozil va al-voqe’ot” (“Hodisalar, hukmlar va voqealar majmuasi”) nomli tarixiy-huquqiy asarni o‘rganib, uning tanqidiy nashrini tayyorladi.

Ushbu kitob islom dunyosining nashr markazi sifatida mashhur bo‘lgan Livanning Bayrut shahrida chop etildi. Mazkur kitob “Majmu’ al-havodis va an-navozil va al-voqe’ot”ning mamlakatimiz hamda Turkiya qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan 9 ta nodir nusxa asosida tayyorlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘z davrida islom olamining mashhur allomasi hisoblangan Abu Hafs an-Nasafiyning ilmiy maktabida yetishgan al-Keshshiy o‘z ustozi vositasida erishgan manbalarni bir kitobda jamlagan. Natijada, IX-XI asrlarda Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan 15 nodir asarning parchalari “Majmu’ al-havodis va an-navozil va al-voqe’ot”dan joy oladi. Al-Keshshiy aksar manbalarni shakl va mazmunini o‘zgartirmagan holda kelajak avlodlarga yetkazishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Uning mazkur majmuasi vositasida bugungi kunga yetib kelmagan “Fatovo Abi Abdilloh ibn Abi Hafs al-Kabir al-Buxoriy”, “Muxtasar al-Muntaqo”, "Fatovo Abi Bakr Muhammad ibn al-Fazl al-Buxoriy”, “Muxtasar Favoyid ar-Rustufag‘niy”, “Fatovo Ibn al-Valid as-Samarqandiy”, “Fatovo Ato ibn Hamza as-So‘g‘diy”, “G‘arib ar-rivoya”, “Fatovo Najmiddin an-Nasafiy” kabi nodir asarlarning ayrim parchalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.  

Kitob Movarounnahrda yetishgan olimlar haqida avval fanga ma’lum bo‘lmagan yangi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgani bilan ham e’tiborga molik. Xususan, Muhammad ibn Yahyo al-Bashog‘ariy, Abu Nasr ad-Dabusiy, Abu Shujo al-Alaviy va Ato ibn Hamza as-So‘g‘diy kabi faqihlar haqidagi yangiliklarni qayd etish mumkin. Qo‘shimcha ravishda asarda Abu Mansur Moturidiy, Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy, Abu Ali an-Nasafiy, Shamsulaimma al-Halvoniy, Rukniddin Ali as-So‘g‘diy, Abu Bakr as-Saraxsiy, Abulyusr al-Pazdaviy va Abu Hafs an-Nasafiy kabi buyuk ajdodlarimizning hayotiga doir qimmatli ma’lumotlar ham joy olgan.  

Kitob islom huquqshunosligi – fiqhga doir bo‘lsa-da, unda kalom, hadis va hikamiyya kabi ilmlarning masalalari ham uchraydi. Asar o‘z davriga oid ba’zi tarixiy voqealarni bayon qilishi bilan ahamiyatlidir.  

G‘.HASANOV, O‘zA

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry