16.11.2022
201

Turkiya Respublikasi Chankiri Karatekin universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Joriy yilning 13-noyabr kuni, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Turkiya Respublikasi Chankiri Karatekin universiteti rektori, professor, doktor Harun Chiftchi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Akademiya rahbariyati kutib oldi. Shundan so‘ng Chankiri Karatekin universiteti delegatsiyasi a’zolari bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-taqdiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi. 

Shuningdek, mehmonlardan – Turkiya Respublikasi Chankiri Karatekin universiteti rektori, professor, doktor Harun Chiftchi, prorektor, professor, doktor Husayn Odobash, Ayollar va oilani o‘rganish va tadqiq etish markazi boshlig‘i, professor, doktor Zuhal Yo‘nja Odobash, Xalqaro aloqalar va Erasmus+ tashkiloti kordinatori, professor Shuayb Turon qatnashdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, sohaga oid ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, o‘qituvchi va talabalar almashinuviga erishish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan o‘zaro fikr almashish kabi masalalarda suhbatlashildi.

Turkiya delegatsiyasi vakillari tomonidan – grantlarni jalb etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, ERASMUS+ xalqaro loyihalarida qatnashish, hamkorlikda ilmiy nashrlar chop etish, o‘qituvchilar uchun ilmiy va pedagogik malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, talabalar almashinuvini tashkil etish, sertifikatli Turk tili kurslarini ochish, ilmiy va tadqiqot sohalarida o‘zaro kelishgan holda hamkorlik olib borish kabi takliflar berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati yana bir yangi xorijiy ta’lim muassasasi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor ekani va bu dastlabki qadam orqali Turkiya Respublikasi Chankiri Karatekin universiteti bilan o‘rnatilayotgan rishtalar muntazam davom etishi, tomonlar bildirgan takliflar, o‘zaro anglashuv memorandumi asosida hamkorlik yanada mustahkamlanishi bildirildi.

Mazkur muloqot har ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda, o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini ham mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Samimiy muloqot davomida so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yaratilgan sharoitlar, muassasalarning ilmiy salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyatiga samimiy muloqot, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar bildirilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini ulashishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry