10.11.2022
271

Markaz professorining kitoblari xorijda nashr etildi

Joriy 2022-yilda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlari doktori, professor Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy qalamiga mansub “İslam Hukuku, Hanefî Mezhebi ve Türkistan Fakihleri” (Islom huquqi, hanafiylik mazhabi va Turkiston faqihlari), “Tasavvuf ve İnsan” (Tasavvuf va inson) va “Yürek Sırları” (Yurak sirlari) nomli kitoblar Turkiya Respublikasida turk tilida nashr qilindi.

“Islom huquqi, hanafiylik mazhabi va Turkiston faqihlari” asarida fiqh ilmining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari, Imom Abu Hanifa hamda uning shogirdlari hayoti va ilmiy faoliyati tahlil qilingan. Shu bilan birga, Turkistonda faoliyat olib borgan mashhur hanafiy olimlar hamda ularning mazhab rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

“Tasavvuf va inson” kitobi muallifning tasavvuf tariqatlari, so‘fiy shaxsiyati, mashhur tasavvuf namoyandalarini hayoti va faoliyatiga oid maqolalari, turli asarlarga yozgan taqrizlari hamda o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Yurak sirlari” she’riy to‘plam bo‘lib, unga muallifning o‘zbek va fors-dariy tillarida yozilgan she’rlari kiritilgan. Jumladan, asarda o‘zbek tilida yozilgan 34 ta she’r, 21 ta ruboiy, fors-dariy tilida yozilgan 11 ta she’r keltirilgan. She’rlarda asosan Vatanga sadoqat, insoniylik, mehr va sog‘inch kabi tuyg‘ular madh etilgan.    

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
matbuot xizmati 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry