31.10.2022
241

MOVAROUNNAHR ILMIY MUHITIDA IMOM MOTURIDIYNING TUTGAN O‘RNI (2-qism)

“Ta’vilot al-Qur’on” asarida fiqhiy mavzular o‘rtaga tashlanib, uning yechimini tavsiya qilish Imom Moturidiyning faqihligini isbotlaydi. Jumladan, Payg‘ambarimizning “Meros qoldirmaymiz va biz qoldirgan narsalar sadaqadir” hadisi ostida faqihlarning qarashlarini keltirib tahlil qiladi va mavzu yuzasidan o‘zining qarashini taqdim qila oladi. U “Ta’vilot al-Qur’on” asarining ko‘plab o‘rinlarda Abu Hanifa, Muhammad ibn Hasan, Abu Yusuf kabi olimlarning so‘zlaridan foydalangan. Ba’zi o‘rinlarda hanafiylik mazhabi imomlaridan birortasini aynan keltirmay “as’hoblarimiz” degan atamani qo‘llagan. Abul Muin Nasafiy (vaf. 508/1114) Imom Moturidiyning Abu Hanifa bilan o‘rtasidagi aloqani tavsiflab shunday degan: “Shayx Abu Mansur Abu Hanifaning etagini usul va furu’da mahkam tutgan”.

Manbalarda Imom Moturidiyni “zohid, Rabboniy olim” deb vasf etilishi, tasavvufda uni yuqori martabalarga chiqqanini anglatadi. Jumladan, olim o‘zining “Ta’vilot al-Qur’on” asarining “Qasos surasi, 614-615”, “Ahzob surasi, 113”, “Hadid surasi, 49-50”, “Inson surasi, 352”, “Nazi’at surasi 378” va “Moida” surasi, 61-oyatlarida ilohiy muhabbat, zuhd, taqvo, oxiratni dunyodan ustun qo‘yish kabi tasavvufning nozik qirralari haqida so‘z yuritgan. Mazkur oyatlarning tafsirida kelgan ma’lumotlar Imom Moturidiyni tasavvuf peshvosi sifatida baholash imkonini beradi. Xususan, u Ahzob surasining 113-oyati sharhida zuhdni ikki qismga taqsimlab, shunday izohlaydi: Imom Moturidiy o‘zining “Ta’vilot al-Qur’on” asarida: “Yer yuzi nabiy yoki valiydan xoli bo‘lmaydi” degan. Abul Yusr Pazdaviy (vaf. 493/1100) o‘zining “Usulud din” asarida Imom Moturidiy haqida quyidagilarni qayd qilgan: “U karomat sohibi va ahli sunna val jamoaning raislaridan bo‘lgan. Bobom Zohid Abdulkarim ibn Musodan naql qilinishicha, Moturidiyning ko‘plab karomlatlari bo‘lgan”. Alisher Navoiy o‘zining “Nasoim ul-Muhabbat” asarida ham Imom Moturidiyning karomatini zikr qilib, u kishi haqida shunday degan: “Shayx Abu Mansur Moturidiy o‘z zamonining a’lam ulamosi ermish. Ul vaqt ulamosi alarni “Sulton al-Muizzin” der ermishlar. Zohir va botin ulumlari bila orosta ermishlar”. U Samarqanddagi “Al-Iyodiya” madrasasida o‘qib, mahalliy hanafiy faqihlarga shogird tushib, ulardan ta’lim oldi. Abul Muin Nasafiy, Bayoziy va Zabidiylar Imom Moturidiyning ustozlari safiga Muhammad ibn Muqotil Roziy (vaf. 248/862 y.), Nusayr ibn Yahyo Balxiy (vaf.268/882), Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq ibn Subayh Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy (vaf.275/889 y.)larni kiritgan.

Imom Moturidiyning shogirdlari o‘z davrining yetuk olimi, faqihi va kalom ilmi mutaxassislari bo‘lgan. Jumladan, Abul Qosim Hakim Samarqandiy (342/953) Imom Moturidiydan fiqh ilmini, Abu Bakr Varroq va balxlik mashhur shayxlardan esa tasavvuf ilmini o‘rgangan. Hakim Samarqandiy Abdulloh ibn Sahl Zohid, Amr ibn Osim Marvaziylardan hadis rivoyat qilgan. Abul Muin Nasafiy uni quyidagicha ta’riflagan: “U ummat rozi bo‘lgan va ular orasida maqtalgan kishi edi. Uning yuksakligi va ulug‘ligi qalblarga o‘rnashgan edi. Kalom, fiqh, Qur’on ta’vili, ma’rifat va muomalot ilmlarini mukammal bilgan va mazkur ilmlarda yuksak cho‘qqilarni zabt qilgan olim edi”. Abul Qosim Samarqandiyning bizgacha “As-Savod Al-A’zam” nomli asari yetib kelgan. Bu asarga Ibrohim Hilmiy ibn Husayn degan olim “Salomul ahkom ala savodil a’zam” nomli sharh yozgan. Bu kitob Istanbulda 1896 yili nashr etilgan. Imom Moturidiyning shogirdlaridan yana biri Abul Hasan Rustufag‘niy (vaf. 350/961)dir. Abu Hafs Nasafiy o‘zining “Al-Qand fi zikri ul-amai Samarqand” asarida olim nisbasini “Rustufag‘niy tarzida qayd qilgan”. Aksariyat zamonaviy tadqiqotchilar uni Rustug‘faniy shaklida zikr qilganlar. Olimning “Irshod ul-Muhtadiy”, “Kitob uz-Zavoid”, “Al-Xilof”, “Al-Fatavo” nomli asarlari bor. Faxrul islom Pazdaviyning bobosi Abu Muhammad Abdulkarim Pazdaviy (390/1000) ham Imom Moturidiyning yetuk shogirdlaridan bo‘lgan. U “Durru aqoid ahli sunna val jamoa” asarining muallifi hisoblanadi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Abu Mansur Moturidiyning “Kitob at-Tavhid” (Tavhid kitobi), “Kitob al-Maqolot” (Moqolot kitobi), “Ma’xaz ash-sharoi’” (Shariatlar manbai), “Kitob al-Jadal” (Munozara kitobi), “Ta’vilot al-Qur’on” (Qur’on ta’vili), “Kitobu bayoni vahmil Mu’tazila” (Mu’taziliylarning xom-hayolini bayon etuvchi kitob), “Radd al-usul al-Xamsa” (Besh asosga raddiya), “Kitobu raddi avaail al-adilla lil Ka’biy” (Ka’biyning asosiy dalillariga raddiya kitobi), “Raddu kitob al-Ka’biy fi va’id al-Fussoq” (Ka’biyning fosiqlarning va’idiga bag‘ishlangan kitobiga javob) kabi asarlari mavjud. Lekin sanab o‘tilgan bu kitoblar haqida to‘liq bir tasavvur yo‘qligi tadqiqotchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Chunki ilk o‘rta asr mutakallimlarining ko‘pgina ilmiy merosi kabi Moturidiy asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Uning ilmiy merosidan faqat “Kitob at-Tavhid” va “Ta’vilot al-Qur’on”lar saqlanib qolgan. Mutakallimning eng muhim asarlaridan biri “Kitob at-Tavhid” bo‘lib, uning asl nusxasi hozirda Kembridj universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. U 206 varaq, satrlar soni 21 qatordan iborat. Ko‘chiruvchi sifatida Amin Hanafiy Shofi’iy ko‘rsatilgan. Asar 15 sha’bon 1150/31 dekabr 1735 yil ko‘chirilgan. 1970-yili misrlik olim Fathulloh Xulayf uzoq yillar davom etgan izlanishlari natijasida Bayrutning “Dorul mashriq” nashriyotida “Kitob at-Tavhid”ning nashrini amalga oshirgan. Nashrda bir talay kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganiga qaramay, u o‘zidan keyingi tadqiqotlar uchun manba sifatida xizmat qiladi. Shundan so‘ng “Kitob at-Tavhid” yana bir necha marotaba nashr etildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ahmad Sa’d Damanhuriy “Kitob at-Tavhid”ning ikki yo‘nalishda tadqiqotini amalga oshirmoqda:

Birinchisi, hozirgi kungacha tahqiq etilib, nashr etilgan “Kitob at-Tavhid” nashrlarida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar tuzatilgan va mavzularga bo‘lingan, iqtibos qismida murakkab so‘z hamda iboralar soddalashtirilgan shakli; ikkinchisi, kitobning iboralari ustida tadqiqot olib borib, unda ishlatilgan atama va iboralarni yengillashtirib asarning “Tashili”ni yaratish. Abu Mansur Moturidiyga ustozi Abu Nasr Iyodiyning ta’siri katta bo‘lgan. U olimdan an’anaviy islom mezonlarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmay, uni mukammal tarzda o‘zlashtirib, izchil tahlil qilishni ham o‘rgangan. Moturidiy vafotidan so‘ng Samarqand chekkasida joylashgan Chokardiza qabristoniga dafn etiladi. O‘sha davrdagi taomulga ko‘ra bu qabristonga shahar ahli orasida e’tiborga molik taniqli olimlar, ulamolar dafn etilardi. Moturidiyning ko‘plab safdoshlari va shogirdlari ham shu joyga dafn etilganlar. Binobarin, o‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab olimu ulamolar hayotini o‘rganish uchun bu qabriston va u bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar muayyan ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. XX asr boshlarida akademik V.V.Bartold Samarqand safari paytida Chokardiza qabristonida bo‘lgani va u joyda Moturidiy maqbarasini ko‘rgani haqida ma’lumotlar beradi.

Bundan keyingi manbalarda Moturidiy maqbarasi xususida boshqa ma’lumotlar deyarli uchramaydi. Bir necha asrlar davomida taniqli aqihlar, shayxlar, ulamolar dafn etilgan ushbu qabriston sho‘ro davrida aholi yashaydigan mahallaga aylantirilgani ham sobiq tuzumning mafkuraviy siyosatidan bir ko‘rinish deyish mumkin. Natijada bir qancha qabrtosh va qayroqlar yo‘qolib ketgan. Moturidiy maqbarasini tiklash jarayonida ko‘plab faqih va ulamolarning qabrtoshlari topildi. Ularning aksariyati qoraxoniylar davriga oid bo‘lib, ko‘plab yangi ma’lumotlar berishi tabiiy.

Mazkur qabrtoshlar islomshunos B.Bobojonov tomonidan o‘rganilgan. Chokardiza qabristonidan topilgan ba’zi epigrafik yodgorliklarini o‘rganish X asr ulamolari qabrtoshlaridan (qayroq) bir qismi bizgacha yetib kelganligini ko‘rsatadi. Ular orasida Abul Hasan Rustufag‘niy, Abu Salama Samarqandiylar kabi moturidiylik ta’limoti yetakchilarining ismlari mavjud. 2000 yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Moturidiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanalar arafasida Samarqandda Chokardiza qabristoni o‘rnida 3,5 gektarlik majmua barpo etildi. Majmua markazida Abu Mansur Moturidiy maqbarasi qad ko‘tardi. Abu Mansur Moturidiy o‘z ta’limoti va ilmiy asarlari bilan Movarounnahr ilohiyot maktabining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Ilohiyot ilmlarining to‘la shakllanib, takomilga yetishida ularni qayta ishlab chiqib, ma’lum 2000 yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Imom Moturidiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanalar arafasida Samarqandda Chokardiza qabristoni o‘rnida 3,5 gektarlik majmua barpo etildi. 

Majmua markazida Abu Mansur Moturidiy maqbarasi bunyod etilgan. Maqbara kub shaklida bo‘lib, 12x12 metr. Gumbaz uzunligi 8,5 metr, 4 burchagida 4 marmar ustun bor, maqbara asosan pishiq g‘ishtdan qurilgan, yog‘ochdan 3 ta eshik ishlangan. Maqbarani yoritish uchun gumbaz ostida 18 ta darchasi, 12 ta mis qandili bor. Tizimga solishda katta bir ishni amalga oshirdi. Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limotining O‘rta Osiyo xalqlari an’analari va urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Buyuk vatandoshimiz yaratgan ta’limot islom dinining buyuk aqidaviy maktablaridan biri sifatida keng ko‘lamda tan olindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida Imom Moturidiy va uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan qimmatli asarlargatayanib  ish ko‘radilar. Eng e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrikada moturidiylik ta’limoti hozir ham o‘rta va oliy diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi. Yevropa va Turkiya olimlari tomonidan kalom ilmi tarixiga oid ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo hududida ushbu soha bo‘yicha hali yetarli ishlar amalga oshirilgani yo‘q edi. 2000 yil Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi O‘zbekistonda keng nishonlanishi ushbu sohada o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning faoliyati rivojiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan 2000 yilda olmon sharqshunosi Ulrix Rudolfning Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosiga oid tadqiqoti rus va o‘zbek tiliga tarjima qilingani unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Va nihoyat 2020 yil 11 avgustda yurtboshimiz tomonidan “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-adqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohani yanada chuqurroq o‘rganish, Imom Moturidiyning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, moturidiylik ta’limotini xalqaro miqyosda targ‘ib-tashviq qilish imkoniyatini berdi. O‘tgan yillar ichida kalom ilmi tarixi, xususan,  oturidiya ta’limotiga bag‘ishlab O‘zbekistonda Sh.Ziyodov, S.Oqilov, Agdiyev, I.Daminov, A.Alloqulov va O‘.Polvonovlar tomonidan dissertatsiyalar imoya qilindi.

Bugungi kunda moturidiylik ta’limotini izchil o‘rganish, manbalarini troflicha tahlil qilish xorijiy va mahalliy mutaxassislar oldida turgan ulkan vazifalardan biridir. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan olimning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-Tavhid” asarlarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi yurtimizda moturidiylik ta’limoti borasidagi tadqiqotlarning yanada jonlanishi va rivojlanishi garovi sifatida baxolash mumkin. 2020 yil 3 mart kuni marqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: O‘tmish va bugun” nomli konferensiyaning o‘tkazilishi fikrimizning yorqin isbotidir.

 

Abdullatif ALLOQULOV,

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori*

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i

ADABIYOTLAR R O‘YXATI:

1. Abu Mansur Moturidiy. Ta’vilot al-Qur’on. – J. XVI. – Istanbul: Dorul mizon, 2006.

2. Abdulkarim Sam’oniy. Al-Ansob Abdurrahmon ibn Mu’allimiy. – J. V.

3. Abdulqodir Qurashiy. Al-Javohir Al-Muziyya fi tabaqot Al-Hanafiya Abdulfattoh

Muhammad Hulv tahriri ostida. – J. II. – Qohira: Hijr, 1993.

4. Abdullatif Hasan Abdurrahmon. Al-Fatavo Al-Hindiya. – J. 3. 2000.

5. Abul Muin Nasafiy. At-Tamhid li qavoidit tavhid, Jaybulloh Hasan tahqiqi. –Dorut tiboatil Muhammadiya, 1986.

6. Abul Muin Nasafiy. Tabsiratul adilla. J. 1. – B. 359., Rudolf, 1999. – B. 135-148;

Alouddin Samarqandiy. Sharh kitob ta’vilot. – O’zR FA ShI. – Qo‘lyozmalar asosiy fondi. – Qo‘lyozma No 3249.

7. Abul Yusr Muhammad Pazdaviy. Usulud din Honz Pitr Lins tahqiqi. – Qohira: Maktabatul azhariya, 2003.

8. Abul Muin Maymun ibn Muhammad. Tabsirat al-adilla fi usul ad-din. II jildlik.

K. Saloma nashrga tayyorlagan. – Damashq: 1990-1993. J. I.

9. Abu Hafs Nasafiy. Al-Qand fi zikri ulamai Samarqand // Nazr Muhammad Fayro-

biy tahriri ostida. – Saudiya: Maktabat ul-Kavsar, 1991.

10. Ahmad ibn Muhammad Adana. Tabaqot al-Mufassirin // Sulaymon ibn Solih tahqiqi. – Madina: Maktabatul ulum val hikam, 1997.

11. Bartold V.V. Sochineniya // Rabot po istochnikovedeniyu. – T. 8. – M.: Izd. Vost. Lit, 1973.

12. Bobojonov B. (Toshkent shaxri) shaxsiy arxivida saklanayotgan 37 kabrtosh bitigi; Dodxudoyeva L.N. Epigraficheskiye pamyatniki Samarkanda XI-XIV vv. – Dushanbe: Donish, 1992.

13. Kamoliddin Ahmad Bayoziy. Ishorotul marom min iborotil imom // Yusuf Abdurrazzoq Shofiiy tahqiqi. – Islomobod: Zamzam Publisher, 2004.

14. Kamol ibn Humom. Al-Musoyara fi ilmil kalom. – Misr: Mahmudiya, nashr yili

ko‘rsatilmagan.

15. Muhammad ibn Muhammad Zabidiy. Ithofus sodatil muttaqin bi sharhi ihyoi ulumid din. – J. II. – Bayrut: Muassasat at-Tarixil arabiy, 1994.

16. Muhammad ibn Hasan Hajviy. Al-Fikrus somiy. – J. III. – Rabot: Matbaat al-Ma’orif, 1340.

 

Qo‘shimcha malumot

BUYUK HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURUDIY
Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori diniy-maʼrifiy sohada ham katta oʻzgarishlar va islohotlar boʻlyapti. Buni biz soʻnggi besh yil ichida...
ADIB AHMAD YUGNAKIYNING “HIBATU-L-HAQOYIQ” ASARIDA MA’RIFIY QARASHLAR
Jamiyat a’zolarining maqsadlarini ularning intilishlari, ehtiyojlari, bajarayotgan vazifalari va ijti­moiy qadriyatlar belgilab beradi. Bu qadriyatlarning shakllanishi oiladan boshlab, ta’lim va...
IQLISHIYNING “AN-NAJM MIN KALAM SAYYIDI-L-ARAB VA-L-AJAM” ASARI TASNIFI
“Iqlishiy” nisbasi bilan mashhur bo‘lgan Abu Abbos Ahmad ibn Ma’d ibn Iso ibn Vakilning “an-Najm min kalam sayyidi-l-arab va-l-ajam”nomli asari...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry