04.10.2022
479

Islom olamining qadimiy besh kutubxonasi

«Kutubxonalar har bir mamlakat madaniy merosining muhim elementi bo‘lib, o‘tmish va kelajak, tarix va zamonaviylik o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. qolaversa, ular o‘zgacha estetikani o‘zida mujassam etadi», — deb yozadi Bilol Navar.

Islom olamida go‘zal arxitektura va boy kitoblar to‘plamini ajoyib tarzda birlashtirgan ko‘plab kutubxonalar mavjud. Xususan: 

Al-Qaroviyyin kutubxonasi

Ushbu kutubxona Marokashning Fes shahridagi al-Qaroviyyin masjidi va universitet majmuasining bir qismidir. Al-Qaroviyyin Fotima al-Fihriy tomonidan 859 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi eng qadimiy universitet hisoblanadi. Hozirda majmua kutubxonasida 4000 ta noyob kitob va qo‘lyozmalar mavjud. Shu bois ham bu dunyodagi eng keksa kutubxonaga aylangan. Kitoblarni saqlash uchun birinchi maxsus qurilgan bino 1349 yilda Marinidlar sulolasining sultoni Abu Inan Faris tomonidan masjidga qo‘shilgan. Keyinchalik kutubxona XVI asr oxirida Ahmad ibn Mansur tomonidan qurilgan binoga ko‘chirilgan. Keyinchalik u bir necha bor kengaytirilgan. Bu arab dunyosidagi eng chiroyli kutubxonalardan biridir. Alohida kirish musulmon bo‘lmaganlarga masjidga kirmasdan tashrif buyurishga imkon beradi.

Iskandariya kutubxonasi

Qadimgi dunyoning ramzlaridan biri bo‘lgan Iskandariya kutubxonasini zamonaviy davrda qayta tiklash g‘oyasi birinchi marta 1974 yilda ilgari surilgan. 1980 yillarning oxirida YUNYeSKO va xalqaro hamjamiyat ishtirokida bu boradi qator ishlar amalga oshirildi va loyiha ishlab chiqildi. 2002 yilda esa Iskandariya asl kutubxonaning yodgorligi va madaniyat markaziga aylandi. Hozirda u 8 million xazina (kitob)ga ega. Majmua to‘rtta muzey va planetariyni hamda boshqa zamonaviy qulayliklarni o‘z ichiga oladi.

Maskatdagi bolalar jamoat kutubxonasi (Ummon)

Kutubxona 2017 yilda ochilgan. Uning shiori: «Bilim bizning huquqimizdir». U Ummondagi barcha bolalar — har qanday yosh, millat va madaniyat uchun bilim manbai sifatida yaratilgan. Kutubxonada arab va ingliz tillarida turli janrdagi bolalar kitoblari, kompyuterlar, rasm chizish hamda o‘yin maydonchalari mavjud. Shuningdek, Brayl yozuvidagi kitoblar va hatto ko‘zi ojiz bolalarga ham kutubxona xizmatlaridan foydalanishga imkon beradigan turli xil qurilmalar mavjud.

Livan milliy kutubxonasi

Bayrutdagi bu kutubxona XX asrning boshlarida tashkil etilgan. Maqsad — Livanda nashr etilgan barcha kitoblar, shuningdek, livan va arab dunyosi haqidagi barcha nashrlarni to‘plash edi. Mintaqadagi notinch vaziyat tufayli u ma’lum muddat yopilgan. Kutubxonaning yangi binosi kitoblarni saqlash uchun iqlim nazorati ostida uchta katta yerto‘lani o‘z ichiga oladi. Yagona kolleksiyada turli tillarda 300 000 dan ortiq ma’naviy meros mavjud.  Bu yerda kitoblar, qo‘lyozmalar va jurnallardan tashqari rasmlar, rasmiy hujjatlar, xaritalar, chizmalar, musiqiy nota va taklifnomalar saqlanadi.

Qirol Abdulaziz nomidagi jahon madaniyati markazi kutubxonasi

Itra nomi bilan ham tanilgan madaniyat markazi 2018 yilda Dahranda ochilgan. Uning maqsadi teatr, kino, muzey va mintaqadagi eng katta va zamonaviylaridan biri bo‘lgan kutubxonani o‘z ichiga olgan. Shuningdek, turli tadbirlar va inshootlar orqali iste’dodlarni rag‘batlantirish hamda mintaqada inson salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashishdir. Bu yerda seminarlar va yig‘ilishlar, kitobxonlik tadbirlari o‘tkaziladi.

 

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry