04.10.2022
248

Malayziyada O‘zbekiston madaniy merosi hamda ziyorat sayyohligi salohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

4 oktabr O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Islomni anglash instituti (IKIM), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakillari ishtirokida onlayn  uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv davomida respublikaning boy ma’naviy-madaniy merosini o‘rganish, «O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti» g‘oyasini yanada ommalashtirish, mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyati, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va Samarqandning «Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» maqomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli loyihalarni targ‘ib qilish,  ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi  hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Ilmiy va akademik sohada ikki mamlakat aloqalarini jadallashtirish uchun IKIM tadqiqotchilari O‘zbekistonning Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha taklif bildirildi.

Muzokaralar natijasida joriy yil 9 noyabr kuni o‘zbekistonlik olim va tadqiqotchilar ishtirokida «Islom va zamonaviylik» mavzusida qo‘shma vebinar o‘tkazish va  IKIM radiokanalida maxsus intervyularni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

IKIM islom sivilizatsiyasining boy intellektual merosi bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida 1992 yilda tashkil etilgan. 2020 yil iyun oyida IKIM, Xalqaro Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi o‘rtasida Hamkorlik memorandumlari imzolangan edi.

Institut huzurida «Radio IKIM» radiostansiyasi faoliyat yuritadi. Ushbu radiostansiyaning Malayziyada 40 milliondan oshiq tinglovchisi bor. «Radio IKIM» 2001 yilda mamlakatning sobiq Bosh vaziri Mahatxir Muhammad tomonidan ishga tushirilgan. Radiokanal butun Malayziya bo‘ylab hamda qo‘shni davlatlar – Bruney, Singapur, Indoneziya va Tailandda efirga uzatiladi. Radio efiridan islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom sivilizatsiyasining boy ma’naviy, ilmiy va madaniy merosi haqida malay, ingliz va arab tillarida ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy eshittirishlar o‘rin olgan.

Manba: «Dunyo» AA

 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry