27.08.2022
269

Turkiya Respublikasi  poytaxti Anqara shahrida joylashgan Islom tafakkuri institutida Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari xodimlari uchun tashkil qilingan malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki mazkur malaka oshirish kurslari o‘zbekistonlik tadqiqotlarchilar uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etdi.

Sababi, mazkur o‘quv jarayonlarida fiqh, aqida, hadis, tasavvuf, ilohiyot kabi sohalarda ulkan tajribaga ega bo‘lgan yetakchi olimlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ular qatorida Din ishlari oliy kengashi rahbari doktor Ekrem Kelesh, Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti professorlari Bunyamin Erul, So‘nmaz Qutlu, Shabon Ali Do‘zgun, Hakki Unal, O‘g‘izxon Tan, Boyazid Yildirim universiteti Islom ilmlari fakulteti professori, doktor Axmad Yildirim, Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Murtaza Bedir va boshqalarni keltirib o‘tish mumkin. 

 Malaka oshirish kurslari arab va turk tillarida olib borildi.

26 avgust kuni malaka oshirish kurslarining yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Mexmet Go‘rmez, Benyamin O‘rul va Ekrem Kelesh tinglovchilarga sertifikatlarni topshirdilar. Tadbirda o‘zbekistonlik tadqiqotchilar, jumladan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Ulug‘bek Jo‘rayev, Sunnatilla Baxromov, Zarifjon G’ulomovlar so‘zga chiqib, malaka oshirish kurslari tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. 

O‘z navbatida, Mexmet Go‘rmez Islom tafakkuri instituti o‘qituvchilari ishtirokida bir haftada bir marta onlayn darslar tashkil etish taklifini ilgari surdi. 

Xulosa o‘rnida aytib o‘tish lozimki, o‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun Islom tafakkuri instituti tomonidan tashkil etilgan 3 haftalik malaka oshirish kursida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlariga malakali mutaxassislar tomonidan jahon ta’lim standartlari asosida darslar o‘tildi. Shuningdek,  nufuzli tashkilotlarga tashriflar hamda turli madaniy-ma’rifiy uchrashuv va muloqotlar tashkil qilindi. Natijada ikki qardosh millat o‘rtasida ilm-fan sohasidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry