
Marokashda Payg‘ambar alayhissalomga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO), Islom olami uyushmasi (MWL) va Marokashning Muhammadiya olimlari ligasi hamkorlikda ISESCOning Rabotdagi bosh qarorgohida muzey va ko‘rgazma ochdi.
Muzey tashrif buyuruvchilarga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlarining turli jabhalarini, tarixiy voqea va joylarni ko‘rish imkonini beruvchi eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
Muzey Qur’oni Karim, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari va islomning yorqin tarixiga asoslangan adolat, tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, inoq yashash va mo‘tadillik haqidagi islom xabarlarini taqdim etishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, ISESCO bu - "Islom olami" ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti - Islom hamkorlik tashkiloti(OIC) huzurida faoliyat yuritadigan va a’zo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash maqsadida islomiy mamlakatlarda ta’lim, fan, madaniyat va aloqa sohalari bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan tashkilot. 1979 yil may oyida tashkil etilgan.
Tashkilot islom va islom madaniyatining chin qiyofasini targ‘ib qilishni maqsad qilgan.
Qo‘shimcha malumot



Izohlar