17.06.2022
352

Hindistonlik professor O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi direktori, professor Chander Shekhar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-taqdiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.

Muloqotda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sohaga oid ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan o‘zaro fikr almashish kabi masalalarda suhbatlashildi. 

O‘zbek va hind xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi, jumladan, Buyuk ipak yo‘li davrida xalqlarimiz o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy va gumanitar sohalarda ham yaqin munosabatlar bo‘lgani alohida qayd etildi. Ayniqsa, ilm-fan borasida erishilgan yutuqlar o‘z samarasini ko‘rsatib, bugungi kunda ham ushbu sohadagi aloqalar muntazamlik kasb etgani ta’kidlandi.

Samimiy muloqot davomida so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yaratilgan sharoitlar, muassasalarning ilmiy salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida mehmon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyatiga samimiy muloqot, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar bildirilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini ulashishdi.

 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry