14.04.2021
324

SUNNIY AQIYDALAR

    Fitnachilar qadimdan musulmonlarning aqiydalariga futur yetkazish maqsadida turli shubhali masalalarni g‘oyat ustalik ila o‘rtaga tashlagan. Ana shunday masalalarning eng kattalaridan biri, Alloh taoloning sifatlariga oid oyat va hadislarning zohiriy ma’nolarini misol qilib, musulmonlar aqiydasiga zarar yetkazishga urinishdir. Natijada Allohning qo‘li, ko‘zi yoki U pok Zotga nisbat berilgan boshqa sifatlari ta’rifida fitna qo‘zg‘ab, kishilarni ko‘plab zalolatga ketkazish boshlandi. Anchagina toifalar bu masalada kufrga ketdilar. Ana shunday nozik bir paytda Abul Hasan al-Ash’ariy va Abu Mansur al-Moturudiy kabi buyuk allomalar aqiydaning sofligini saqlab qolish uchun katta xizmat qildilar. Boshqa nozik masalalar qatori, Alloh taoloning sifatlariga oid masalada ham hal qiluvchi yechim topdilar. Buzg‘unchilar «Allohning Arshga istivo qilishi, Unga barobarlashishidir», degan bo‘lsalar, xalaflar, ya’ni-keyingi ulamolarimiz: «Yo‘q, unda Allohga nuqson nisbati berilgan bo‘ladi, shuning uchun istivoni Alloh taoloning boshqa barkamol sifatlariga mos ravishda tushunmoq kerak», dedilar. Shu tariqa «Istivo – quvvat va sulton ila ega bo‘lmoqdir», degan ta’vil qilindi. Bunda ham xuddi salafi solihlarga o‘xshab Alloh taoloni turli nuqsonlardan poklash qasd qilingandir. Ta’kidlash kerakki, ulamolar aqiyda sofligini saqlab qolish, xususan,  Alloh taoloni turli nuqsonlardan poklash maqsadida o‘z zamonlariga va sharoitlariga mos yo‘l tutishgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Sunniy aqiydalar" kitobi asosida tayyorlandi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry