10.02.2022
414

Qohira universitetida o‘zbek tili o‘qitilmoqda

QOHIRA, 3 fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xodimlari Qohira universiteti bo‘lib, ushbu oliy taʼlim muassasasida o‘zbek tilini o‘qish jarayoni bilan  bevosita tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 O‘zbekiston diplomatlari universitetning filologiya fakulteti Sharq tillari kafedrasida o‘zbek tili o‘qituvchisi Rahma Ibrohim bilan suhbatlashdi.

Uchrashuv chog‘ida Misrda o‘zbek tili va adabiyotini targ‘ib qilishga qo‘shayotgan hissasi uchun Rahma Ibrohimga minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar muhokama qilindi.

- Ayni paytda men talabalarga o‘zbek yozuvchisi Oybekning «Oltin vodiydan shabadalar» romanining mazmun-mohiyatini tushuntirayapman, - dedi Rahma Ibrohim. - Ushbu asar orqali o‘zbek xalqining turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud. Men o‘zbek tilining barcha turkiy tillarni bog‘lovchi markaziy o‘rin tutishi mavzusidagi ilmiy loyiham ustida ham ish olib borayapman. Shu o‘rinda taʼkidlashim kerakki, Qohira universiteti talabalari orasida O‘zbekiston tarixi,  xususan buyuk ajdodlaringiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek merosiga qiziqish juda yuqori.  Shu sababdan bo‘lsa kerak, o‘zbek tili  va adabiyotini chuqur o‘rganish istagidagi talabalarimiz soni yildan-yilga ortib bormoqda.

 Suhbat yakunida Qohira universiteti kutubxonasida «O‘zbek tili va adabiyoti» burchagini tashkil etish va uni o‘zbek tiliga doir adabiyotlar, ilmiy-ommabop qo‘llanmalar, interaktiv dasturlar, videomateriallar bilan muntazam taʼminlashda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

manba: dunyo.info.uz

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
2-mart — Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash orqali tinchlikni ta’minlash jur’ati bilan chiqqan 51 mamlakat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry